21/08/2023

2023- yil 1- avgust holatiga  ko‘ra qurilish  ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 2 852 tani tashkil qildi. Ushbu sohada faoliyat  ko‘ rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2022- yilning shu davriga nisbatan  71,4 %ni tashkil etdi.  

 Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda;    

binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 51,4 % ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,7 %ga yetdi;    

fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 12,7 % ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati   97,3 %ga yetdi;    

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi esa 35,9 % ulushni va oʻtgan yilga nisbatan 68,1 %ni tashkil etdi.