09/12/2025

 O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari L. Mirsoatov hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Jamoldinov boshchiligida Ohangaron tumanida ro‘yxatga olish bo‘yicha shtab faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O'rganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari atroflicha o‘rganilib, jarayonlarning tashkiliy jihatdan qay darajada shakllangani, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Ro‘yxatga olishning sifatli va samarali o‘tishi, jarayonni tezkor va aniq tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va talab etilgan sifat darajasida bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishlarni yanada yaxshilash va samaradorlikni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tavsiya va ko‘rsatmalar ham berildi.