⚡️Toshkent davlat agrar universitetida 2025- yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
⚡️Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Qibray tumani statistika bo‘limi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassisi hamda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.
⚡️Seminar va amaliyot jarayonida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad-vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
⚡️Ishtirokchilarga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.





