11/12/2025

 Joriy yilning 11-dekabr kuni Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtabning faoliyati o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida shtabning kundalik ish faoliyati, hujjat yuritish tartibi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar, shuningdek ro‘yxatga olish jarayoniga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 Shuningdek, o‘rganish davomida shtab a’zolariga ish samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.