✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tuman hokimligida tuman prokurori Z. Gaipov tomonidan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish shtabi” faoliyati bilan yaqindan tanishuv amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida shtab tomonidan ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi, jarayonlarning tashkiliy jihatdan qay darajada shakllangani, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.
Ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali o‘tkazish, jarayonlarni tezkor hamda aniq tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflar berildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va talab etilgan sifat darajasida bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar yuklatildi.





