14/12/2025

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida amaliy o‘quv seminar tashkil etildi.

⚡️ Amaliy o‘rganish jarayonida iishtirokchilarga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek jarayonni belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

⚡️ Mas’ul xodimlar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish ketma-ketligi, jarayonning asosiy bosqichlari hamda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar atroflicha tushuntirildi.

⚡️ Shuningdek, internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

⚡️ Amaliy o‘rganish yakunida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tushunchalar yetkazildi.