10/12/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 10-dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod shahridagi korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi va ushbu jarayonni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mas’ul xodimlarning vazifalari, aholini ro‘yxatga olish uchun yaratilishi kerak bo‘lgan sharoitlar hamda jarayon mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.

Tadbir yakunida internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tinglovchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.