14/12/2025

❇️ Olmaliq shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Isaxo‘jayev tomonidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari uchun aholini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.

❇️ Seminar davomida census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatga olish, aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ma’lumotlarni aniq va ishonchli to‘plashning asosiy talablari yoritilib, soha mutaxassislari tomonidan so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda elektron tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.