O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018- yil 1- fevraldan e`tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z murojaatlarini Internet tarmog‘idan pm.gov.uz manzilidagi veb-sayti orqali davlat organlari rahbarlariga yuborish imkoniyatini beradi.