O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘rta Chirchiq tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilarga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, jarayonni to‘g‘ri va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarining ketma-ketlikda to‘ldirilishi va jarayon bosqichlari atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Tadbir davomida internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tinglovchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Seminar ishtirokchilariga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tushunchalar yetkazildi.





