⚡️Bugun Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev raislik qildi.
⚡️Tadbirda shahar prokurorining katta yordamchisi E.Abdualiyev, Statistika boshqarmasi mas’ullari hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
⚡️Yig‘ilish davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Mas’ullarga belgilangan vazifalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.





