✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.
✅Jumladan, Nurafshon shahar hokimligida "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish shtabi" tashkil etilgan. Nurafshon shahar Statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyevning ta'kidlashicha, hozirda shtabda aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilish va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan uchrashuvlar muntazam o'tkazilmoqda. Kuni kecha navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.





