2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra,Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 003 tani tashkil qildi. O‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 10,3 foiz ulushini tashkil etdi;
- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq– ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,7 foiz ulushini tashkil etdi.