Joriy yilning 16- oktyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 30-sentabrdagi 6-son, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 27-sentabrdagi 55-QQ-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Toshkent viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 30-sentabrdagi 6-son, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 27-sentabrdagi 55-QQ-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda bosh yuriskonsult F. Jo‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 30-sentabrdagi 6-son, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 27-sentabrdagi 55-QQ-son qo‘shma qarori qabul qilinganligi hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati to‘g‘risida kerakli tushunchalar berildi.

Seminar davomida ma’ruzachi tomonidan:
-
Majburiy o‘quv kurslari: Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari (shu jumladan, hududiy kengash a’zolari) Virtual akademiya elektron platformasida majburiy tartibda o‘qitiladi.
-
Muddati va davriyligi: Lavozimga yangi tayinlangan yoki ishga qabul qilingan xodimlar 3 oy ichida o‘quv kursidan o‘tishlari shart. Keyinchalik malaka oshirish jarayoni har 3 yilda kamida 1 marta muntazam ravishda takrorlanadi.
-
Sertifikatlash: Kurs yakunida test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan (56 va undan yuqori ball to‘plagan) tinglovchilarga 3 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat taqdim etiladi. Testdan o‘ta olmagan xodimlarga kursni qayta o‘qish imkoniyati beriladi.
-
O‘quv dasturlari: Kurslar tinglovchilarning toifasiga qarab bazaviy (bepul) va maxsus (pullik shartnoma asosida) dasturlar bo‘yicha tashkil etiladi. Maxsus kurslar davomiyligi o‘quv rejasiga muvofiq 12 soatdan 36 soatgacha etib belgilangan.
Mazkur tizimning joriy etilishi davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat idoralarida “halollik vaksinasi” tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qilishi kabi Nizomning asosiy qoidalari va talablari atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, ijro intizomini ta’minlash borasidagi kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Matbuot xizmati
