✅ 23-sentyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
📌 Seminarda “1 (Umumta’lim)” statistik hisobotini to‘ldirish va topshirish tartibi, unda aks ettiriladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi hamda belgilangan muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📈 Shuningdek, hisobotlarda ta’lim muassasalari faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq aks ettirish, ma’muriy javobgarlik, korrupsiyaning oldini olish, xolislik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


