16/08/2023

Viloyatimizda 2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 44 292 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 049  tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  •   Zangiota tumani – 4369 ta
  • Qibray tumani – 3380 ta
  • Toshkent tumani 2723 ta
  • Chirchiq shahri 2405 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 14 173 ta
  • sanoat sohasida – 6 935 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 166 ta
  • qurilish sohasida – 2 826 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 984 ta