2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 6 439,0 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 4 382,4 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 68,0 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 1 099,4 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 17,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 957,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 14,9 %ni tashkil etdi.