07/08/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4 359,7 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,3 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 108,1 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani (543,9mlrd.so‘m),Yuqori Chirchiq tumani (372,1 mlrd.so‘m), Qibray tumani (340,2 mlrd.so‘m), Quyi Chirchiq tumani (313,4 mlrd.so‘m), Nurafshon shahri (294,6 mlrd.so‘m), Toshkent tumani (260,7 mlrd.so‘m) hamda O‘rta Chirchiq (88,4 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.