Joriy yilning 04- avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev, Bosh yuriskonsulti R.Gafforov va Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmanovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Qonun hujjati targʼiboti va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining Namunaviy qoidalari, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalari, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 28-oktyabr kunidagi 64-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tizimidagi davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalaridan iborat bo‘lgan Qonun, Qonun osti va Boshqarmaning tegishli Lokal hujjatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.