04/08/2023

2023-yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 343 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 327  tani tashkil qildi (ulushi 9,8 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Zangiota tumani – 395 ta
  • Toshkent tumani – 352 ta
  • Qibray tumani – 328 ta
  • Chirchiq shahri – 314 ta

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 2 068 ta
  • sanoat sohasida – 586 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 421 ta
  • boshqa turlar – 503 ta
  • qurilish– 227 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 218 ta
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 167 ta
  • axborot va aloqa – 65 ta
  • tashish va saqlash – 69 ta