04/08/2023

2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 016 tani tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni tashkil etdi.

Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: 

    - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil  1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 10,2 foiz ulushini tashkil etdi; 

    - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,8 foiz ulushini tashkil etdi.