10/06/2023

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O’zbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan. 

✅ Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan. 

✅ 2023 yilning 4 oyida O’zbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar: 

🍦 Rossiya – 330 tonna 

🍦 Qozog‘iston – 127,2 tonna 

🍦 Qirg‘iz R. – 16,4 tonna 

🍦 Litva – 8,6 tonna 

🍦 Fransiya – 7,4 tonna