26/05/2023

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Toshkent viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 13,7 mingtasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

 Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 66,0 foizni;

- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 26,7 foizni;

- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 7,2 foizni tashkil etdi.