26/07/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Joriy yilning 1- iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 079,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 27,7 ming kishiga yoki 0,9 %ga ko‘paydi.  Shundan, 1 540,5 ming kishi - shahar joylarida va jami aholi sonining 50,02 %ini va 1 539,0 ming kishi - qishloq joylarida yoki jami aholi sonining  49,98 %ini tashkil etdi. Viloyat hududlarida aholi sonining eng ko‘p o‘sishi Yangiyo‘l shahrida (104,1 %), Olmaliq shahrida (103,0 %),  Nurafshon shahrida (103,0 %) va Toshkent tumanida (103,3 %) kuzatildi.