26/07/2024

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 44,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan solishtirilganda 3,4 % ga oshgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 56,1 % ni tashkil etdi.