03/04/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  ma‘lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- mart holatiga, kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 1248,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 113,0 %ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 56,1 % ni tashkil qildi.

Ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4362 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 38 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4324 tani tashkil qildi.