05/12/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Jamoldinov hamda biriktirilgan mas’ullar tomonidan Ohangaron tumanida mahalla yettiligi uchun tushuntirish va o‘qitish ishlari olib borildi.

Seminar davomida ro‘yxatga olishning asosiy mexanizmlari, savolnoma dasturida turar joy obyektlarining geolokatsiyasini to‘g‘ri belgilash, GPS koordinatalarini kiritish kabi muhim parametrlar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar jadal ravishda o‘tkazildi.

Shuningdek, yettilik a’zolariga amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish tadbirlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar berildi.