05/12/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-amaliyot jarayonlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fayz” va “Bog‘zor” mahallalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yuzasidan amaliy o‘rganishlar olib borildi.

Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi, Zangiota tumani statistika bo‘limi mas’ullari hamda mahalla yettilik a’zolari ishtirok etdi.

Amaliyot davomida ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yettilik a’zolariga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.