24/01/2023

Toshkent viloyatida 2023- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 4 135 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,0 %ga oshdi.

Jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili – oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar – 10,1 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 90,2 %), yashash bo‘yicha xizmatlarning – 10,0 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 9,8 %) o‘sishidir.

yashash bo‘yicha xizmatlar – 404 ta

Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar – 3 731 ta