Toshkent viloyatida 15643,7 mln.kVt.s  elektroenergiyasi ishlab chiqarilgan

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 7,2 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (8,9 %ini) tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 31,1 %ga oshganligi kuzatildi.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

Elektroenergiya  - 15643,7 mln.kVt.s

Issiqlik energiyasi  - 3249,4 ming gkal

Ko‘mirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil bo‘lgan gaz  - 67,8 ming kub. m