15/12/2022

Joriy yilning 15- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 7-9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari Yusupov Otajon xizmat safari davomida olgan ma’lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda Otajon Yusupov xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar, sohaga oid muammolar, kambag’allik va daromadlar tengsizligini o‘lchash usullari va ma’lumotlarni tahlil qilish kabi masalalar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.

Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.