15/12/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustda “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq, vazirlik va idoralarda har oyning ikkinchi haftasi “Qon donorligi haftaligi” etib e’lon qilinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 5-10-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida ham “Men donorman!” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiyada qo‘mita xodimlari faol ishtirok etishdi.