15/12/2022

 2022- yil yanvar- sentabr oylarida Toshkent viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 22 999,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 102,4 %ni tashkil qildi. Asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 6 311,0 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2022- yilning yanvar-sentab oylarida 7 774,1ming so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning deyarli yarmidan ko‘p ulushi, ya’ni  50,7 foizi viloyatning 6 ta hududi hissasiga, jumladan, Olmaliq shahri (15,5 %), Qibray tumani (10,1 %), Bekobod  shahri (6,8 %),  Zangiota tumani (7,9 %) Quyichirchiq tumani (5,3 %)  va Chirchiq shahri (5,1 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.