18/11/2022

2022- yilning 18- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi. 

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari  hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 11- apreldagi PQ-2881-son qarori hamda 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan fikr almashildi.

Davlat statistika qo‘mitasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Berdibayev hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda qo‘mita va hududiy boshqarma xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.