17/11/2022

Joriy yilning 17- noyabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida va Piskent tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o’tkazildi. Kuzatuvda Davlat statistika qo’mitasi Investitsiya bo’limi boshlig’i o’rinbosari X.Axmedov, Toshkent viloyati Statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish bo’limi boshlig’i A.Zuxriddinov hamda hududiy Statistika bo’limi boshliqlari va hodimlari ishtirok etishdi.

 

Tanlanma kuzatuvdan maqsad, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilib foydalanishga topshirilgan uy-joylarning qurilish osti maydonining 1 kv.m. qiymatini o’rtacha miqdorini hisoblash uchun zarur bo’lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. Bu esa o’z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi. 

Qo’mita va viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o’tkazuvchi hodimlarga ishni o’z vaqtida va sifatli tashkil etish bo’yicha yo’l-yo’riq va tavsiyalar berildi.