Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenaur nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi koʻmagida “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida ikki kunlik seminar-trening mashgʻulotlari o‘tkazildi.
Seminar-treningda Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig'i Zokir Abduxamidov ham ishtirok etdi.
Seminar-treningdan koʻzlangan asosiy maqsad xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashga masʼul (100 nafar) xodimlar uchun reyting baholash, shu jumladan, elektron platformadan foydalanish tartibini tushuntirish, ularning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat boʻldi.
Mashgʻulotlarda davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Seminar-treningda, shuningdek, davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholash hamda davlat tashkilotlari faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashdan oʻtkazish amaliyotlari boʻyicha xorijiy tajriba, Reyting baholash yoʻnalishlari va indikator koʻrsatkichlarini tahlil qilish usullari va aniq mezonlari ham koʻrib chiqildi.