Joriy yilning 2- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil III chorak yakunlari bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari qatnashdi.
Yig’ilishda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Jamolddinov Shuxrat Maxamatqosimovich kengash yig‘ilishida Davlat statistika qo‘mitasida milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha statistika organlarida 2022- yil III- chorakda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Kengash yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.
Kengash yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.