25/10/2022

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 67,4 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,6 %ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (86,8 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 58,5 trln. so‘mni tashkil etdi.