21/10/2022

2022- yilning yanvar- sentabr oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 57,2 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,4 % punktga o’sdi.

Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 109,0 % ni tashkil etgan holda 4832,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Qibray tumani (483,3 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 10,0%), Yuqori Chirchiq tumani (467,7 mlrd. so‘m yoki 9,7%), Nurafshon shaxri (460,2 mlrd. so‘m yoki 9,5%), ga to‘g‘ri keldi