18/10/2022

〽Joriy yilning 18- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining o’rinbosari X.Igamberdiyev  tomonidan Chirchiq shahrida aholini ro‘yhatga olish bo‘yicha xaritalarga o‘zgartirshlar kiritilishida kadastr idorasini nazoratga olish ishlari olib borildi.

Kadastr bo‘limlari tomonidan xaritalarga kiritilmagan turar va noturar ob’ektlarni kiritilishi,  nomlari o‘zgargan ko‘chalarni hozirgi kundagi haqiqiy ko‘cha nomlariga o‘zgartirilishi va boshqa haqiqiy holatlarni xaritalarga kiritilishi ta’minlanmoqda.

 Kadastr bo‘limlari xaritalarni qaytadan  chiqarish ishlarini shu yilning 1-noyabr kuniga qadar tugatishlari va qayta chiqarilgan xaritalarni to‘liq taqdim etishlari kerak.