18/10/2022

 〽️Joriy yilning 18- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining o’rinbosari X.Egamberdiyev va Chirchiq shahar statistika bo‘limi mutaxassisi U.Sapaiddinov  bilan birgalikda Toshkent viloyatining  Chirchiq shahriga uyushgan savdo majmualari va dehqon bozorlarida INI (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat kuzatuvini to‘g‘ri tashkil qilish, narxlar planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o‘rganildi.

O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.