17/10/2022

Joriy yilning 10–12- oktabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan salohiyatni oshirish maqsadida “Aholining sog’liqni saqlashga qilgan xarajatlarini hisoblash” bo’yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo’mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i Umid Madaminov va Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi stаtistikа boshqаrmаsi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i Iskandar Narboyev ishtirok etishdi.