Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev, Yangiyo'l shahar statistika bo‘limi narx registratori M. Maxmudov ishtirokida Yangiyo'l shahridagi uyushgan savdo majmualarida 5-narx (iste'mol) oylik hamda 5-narx (iste'mol) haftalik kuzatuvlari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, savdo majmualaridagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Kuzatuv jarayonida narxlarni planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha registratorga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Yangiyo'l shahridagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
14/04/2022