22/06/2021

Ma'lumki, iyun oyida Davlat statistika qo'mitasi mas'ul hodimlari va viloyat statsitika boshaqarmasi Aholini ro'yxatga olish bo'limi hodimlari viloyatning Toshkent tumanida olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlari va 2-jadvalga tegishli kamchiliklarni o'rgandilar.
Joriy yilning 22-iyun kuni Toshkent viloyati statistika boshaqarmasida Davlat statistika qo'mitasi Aholini ro'yxatga olish boshqarmasi bo'lim boshlig'i O. Sidiqov boshchiligida Toshkent viloyati hududiy statistika bo'limlarida o'rganilgan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tayyorlangan xaritalarni ko'rinadigan formatda chop etish yuzasidan qayta tekshiruv olib borildi.
Hududiy statistika bo'lim boshliqlariga 2-jadval kamchiliklarini bartaraf etishga oid zaruriy ko'rsatmalar berildi.