Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni, mamlakat Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi qarori asosida tasdiqlangan Dastur bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, ishtirokchilarga ma'lumot berildi.
Seminar davomida boshqarma boshlig’i Lazizjon Mirsoatov korrupsiyaning davlatimiz kelajagi va jamiyat ravnaqiga, xususan, statistika tizimi rivojiga nisbatan salbiy ta'siri haqida ijtimoiy tarmoqlardan olingan lavhalar asosida batafsil to'xtalib, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunda belgilangan printsiplarga og'ishmasdan rioya qilinishi lozimligi haqida ta'kidlab o'tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro tajribadan misollar keltirildi "Odob-axloq qoidalari"ga qat'iy rioya qilinishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Axborot xizmati