Farmonda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati statistika boshqarmasida stol tennisi bo'yicha boshqarma hodimlari o’rtasida musobaqa o'tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Axborot xizmati