Oziq-ovqat mahsulotlari eksportining asosiy qismini meva va sabzavotlar tashkil etmoqda

📊 2026-yil yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyati tomonidan xorijga 122,3 mln AQSH dollarilik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.

📈 Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 8,3 % ni tashkil etdi.

🥬 Oziq-ovqat mahsulotlari eksportining asosiy qismini meva va sabzavotlar tashkil etib, ularning eksport hajmi 95,2 mln AQSH dollariga yetdi.