🏗 2026- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiyo‘l shahrida jami 303 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 181,2 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1,1 mlrd so‘mlik, kichik biznes va mikrofirmalar tomonidan 252,3 mlrd so‘mlik, norasmiy sektor tomonidan 49,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.




