Me’morchilik va muhandislik xizmatlari 10,5 % ga o‘sdi

📊 2026-yilning yanvar–may oylarida Toshkent viloyatida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasida 439,4 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 110,5 % ni tashkil etdi.

🌐 Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turlarining ulushi 1,2 % ga to‘g‘ri keldi.