Viloyat eksportining asosiy qismini sanoat mahsulotlari eksporti egalladi

2026- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida 615 mln AQSH dollariga teng sanoat tovarlari eksporti amalga oshirilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 140,5 % ni tashkil qildi.

Eksport tarkibida sanoat tovarlari ulushi umumiy hajmga nisbatan 51,6 % hissasiga toʻgʻri kelmoqda.